Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati

Aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash davlat siyosatining doimiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholining sifatli tibbiy xizmat va dori vositalarini olishga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish-rejasiga asosan doimiy komissiya raisi va a’zolari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida aholini dori vositalari bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Tibbiyot muassasasida “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijrosi holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tez tibbiy yordam tizimi faoliyati, dori vositalarining muassasalardagi mavjudligi, ichki dorixonalar faoliyati, mavjud ehtiyoj, shuningdek, sohadagi muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, Muzrabot tuman KTMPda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, dori vositalarini qo‘llanilishi, omborxonalarda saqlanayotgan mahsulotlar va ularning sifat nazorati borasidagi ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida deputatlar tomonidan muassasada aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 13