35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan Media-rejasiga muvofiq, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tezkorligi hamda mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida monitoring tadbiri tashkil etildi.

Mazkur band ijrosi yuzasidan tuman Kengashi deputati Karomat Karimova kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova hamrohligida Boyovut tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganishlar olib bordi. Tibbiyot birlashmasi rahbari Chingiz Yo‘ldoshev muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari, shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi, qabul tizimi hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘rganish davomida:

▶️aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sifati va tezkorligi;

▶️oilaviy poliklinikalar bilan o‘zaro hamkorlik tizimi;

▶️tor mutaxassislar faoliyati va qabul jarayonlari;

▶️diagnostika va laboratoriya xizmatlari imkoniyatlari;

▶️bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda sanitariya-gigiyena holati

atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

O‘rganish natijalari yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlandi. Mazkur monitoring tadbiri hududda aholining tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10