35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Matmuratov O‘ktam Bekmamatovich Pano Maxsim mahallasida saylovchilari hamda mahalla faollari bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat 2025-yildagi faoliyati yuzasidan batafsil axborot berib, hududda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar haqida ma’lumot taqdim etdi. Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi tarmoqlarini yangilash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tilga olindi.

Fuqarolar tomonidan mahalladagi mavjud muammolar, jumladan, kommunal xizmatlar sifati, yoshlar bandligi, ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash va ijtimoiy sohadagi ayrim masalalar yuzasidan savol hamda takliflar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi qayd etildi.

Deputat o‘z vakolati doirasida masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishini, shuningdek, muammolarni mahalla raisi hamda faollar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, aholining fikr-mulohazalari va takliflari kelgusidagi ish rejalarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 1