35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Doimiy komissiya faoliyati

Doimiy komissiya faoliyati Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Yig‘ilishda tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik tadbirlar samaradorligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ishlar hamda yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.