35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Deputat saylovchilari oldida axborot berdi

Deputatning saylovchilarga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot berishidan asosiy maqsad – uning o‘z saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 11-Shabada okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin Hazratqulovna o‘z saylovchilari oldida axborot berish uchun tumandagi “Yo‘lchi” mahallasida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv boshida ishtirokchilarga 2025-yil deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida batafsil va to‘liq axborot berdi. 2025-yilda yakuniga yetmagan, yechimini topmagan muammolarni 2026 yilning 1-yarim yilligida tegishli dasturlarga kiritish bo‘yicha fuqarolardan takliflarni yozib olganligini bu bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natishini va deputatlik nazoratini amalga oshirishini aytib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida “Yo‘lchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolari tomonidan deputatga o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha ya’ni, elektr-energiya ta’minoti, maishiy gaz balonlarini o‘z vaqtida yetkazib berilishi, ichimlik suvi va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Deputat bu murojaatlarni ro‘yxatga olib, bu bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini tayyorlab jo‘natish va ijrosini nazorat qilishni o‘ziga reja qilib oldi.

Slide 1 of 7