35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida

 Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari A.Ergashev hamda A.Yursunovlar muborak Ramazon oyi munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyatini o‘rgandi. Aholining dasturxonini to‘kin qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida Oltiariq tuman dehqon bozorlarida maxsus arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari o‘z ishini boshladi. Mazkur yarmarkalarda asosiy turdagi iste’mol tovarlari — go‘sht, yog‘, guruch, shakar, tuxum hamda turli poliz mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda aholiga taqdim etilmoqda. Deputatlar tomonidan yarmarkalarda mahsulotlar sifati, narx-navoning asosliligi hamda savdo jarayonining shaffofligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Bunday tashabbuslar Ramazon oyida aholini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar manfaatini ta’minlash hamda bozorlarda narxlar barqarorligini saqlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 6