35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
#jarayon

📢 Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati Alim Tursunbayev tomonidan chiqarilgan deputatlik so‘rovi o‘z samarasini berdi.

Muammo nimada edi❓ 

Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablari hududidan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bog‘liq jiddiy muammolar aniqlangan edi. "Toza hudud" DUK bilan shartnomalar imzolangan bo‘lishiga qaramay, amalda chiqindilar bir oyda faqat bir marotaba olib chiqib ketilgan, bu esa hududda chiqindilar to‘planib qolishiga va sanitariya-epidemiologik holatning keskin yomonlashishiga sabab bo‘layotgan edi.

Natija: ✅

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida:

✅ Maktablar hududidagi chiqindilar shartnomada belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilishi ta’minlandi.

✅ To‘planib qolgan chiqindilar bartaraf etilib, o‘quvchilar uchun xavfsiz muhit qayta tiklandi.

✅ Shartnoma majburiyatlarining ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputati sifatida saylovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom etadi.

Slide 1 of 5