35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Jalaquduq tumanida “Ogoh bo`ling, firibgar!” aksiyasi doirasida targ`ibot tadbiri o`tkazildi

 Jalaquduq tumanida aholining huquqiy ongi va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarni turli xil firibgarlik holatlaridan ogoh etishga qaratilgan “Ogoh bo`ling, firibgar!” aksiyasi izchil davom etmoqda. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati B.Bazarova faol ishtirok etdi. Navbatdagi targ`ibot uchrashuvi tibbiyot sohasi xodimlari uchun tashkil qilinib, unda Qo`shtepa
oilaviy shifokorlik punkti hamshiralari ishtirok etdilar. Tadbir davomida mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, kiberfiribgarlik, telefon orqali aldash va internet tarmoqlaridagi noqonuniy harakatlardan saqlanish bo`yicha aniq tavsiyalar berildi.
 

Tadbirda Dilabza Nazarova hamda Azimova Dilnoza o`z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etib, tibbiyot xodimlari orasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jamiyatda ogohlik va hushyorlik muhitini mustahkamlash har bir fuqaroning burchi ekanini ta`kidladilar. Tadbir
yakunida firibgarlikka qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholi bilan tizimli tushuntirish ishlarini davom ettirish hamda soha vakillarining faol fuqarolik pozitsiyasini qo`llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.
 

   

Slide 1 of 4