Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova yangi qurilgan 19-sonli DMTT faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Tashrif davomida D.Normuradova muassasada bolajonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, yotoqxonalar hamda oshxonaning holati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, binoning isitish tizimi hamda hududni obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Kengash raisi tarbiyachilar va muassasa ma’muriyati bilan muloqotda bo‘lib, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, bolalarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

"Yangi qurilgan ushbu muassasa nafaqat mahalla farzandlari uchun quvonchli sovg‘a, balki sifatli ta’limning ilk bosqichidir. Bizning asosiy maqsadimiz — bolajonlarimizning zamonaviy, shinam va xavfsiz maskanlarda kamol topishini ta’minlashdir", — deb ta’kidladi D.Normuradova.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bunday yangi muassasalarning foydalanishga topshirilishi mahallada maktabgacha ta’lim qamrovini sezilarli darajada oshirishga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10