Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Aholi muammolari tinglandi.

 Buloqboshi tumani Balandchek MFY hududida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashi mudiri N. Xolmatova hamda deputat N. Xudoyberdiyev ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni bevosita tinglash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.
 

Uchrashuv davomida mahalla aholisining turli sohalarga oid murojaatlari eshitildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, hududni obodonlashtirish yuzasidan taklif va muammolar bildirildi. Har bir murojaat batafsil o‘rganilib, masalalarning kelib chiqish sabablari
tahlil qilindi.
 

Ushbu jarayonda ayrim muammolarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralarga aniq vazifalar berilishi belgilab olindi. Shuningdek, fuqarolarga mavjud imkoniyatlar, davlat dasturlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar aholining dardu tashvishlarini o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlar bilan tizimli ishlash hamda hududni har tomonlama rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.   

Slide 1 of 8