35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar.

“Joziba”mahalla fuqarolar yig‘ini “MAHALLA YETTILIGI” a’zolarining faoliyatini o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvar “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorining mazmun mohiyati hamda "Mahalla yettiligi" – Kengash – Senat" uch bo'g'inli hamkorligi, muammoli masalalarni sessiyada muhokama qilish, respublika darajasidagi muammolarni Senatga taqdim etish mexanizmlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek Mahalla hududini rivojlantirish aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta’minlash va madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish borasida "Mahalla yettiligi" a’zolari hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimning 2026-yilda amalga oshirishi belgilangan “Yo‘l xaritalari” bilan tanishdi.   

"Joziba" mahalla infratuzilmasini rivojlantirish borasida rejalashtirilgan dasturlar asosida aholini ichmlik suvi bilan ta’minlash ishlari yaqin kunlarda boshlanishi bildirilib, mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aholidan tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi. 

Shu bilan birga deputat N.Xaydarova mahalla hududida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, dars jarayonlari, maktabdagi obodonlashtirish va o‘quvchilar davomadini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni baratarf etish yuzasidan maktab ma’muriyatiga tegishli tavsiyalarni bildirdi.

Slide 1 of 5