35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Kengash_faoliyati

Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Omonullayev tomonidan “Xo'jaypok” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari amalga oshirilib, mahalla yettiligi tomonidan bajarilgan vazifalar, amaliy ishlar va aholi murojaatlari bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil etildi.

    

 Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar keskin muhokama qilinib, mavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvda mahalla faollari, yettilik a’zolari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni amalga joriy etish uchun muhim yo‘nalish bo‘ldi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.

Slide 1 of 4