35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Ramazon oyida inson qadri ulug‘lanmoqda: ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

Ramazon oyida inson qadri ulug‘lanmoqda: ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida Ramazon oyida aholini rozi qilish, ayniqsa, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan xabar olish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 11-Yangiobod saylov okrugi deputati Toxtabayev Olim Sabitxanovich tomonidan okrug hududidagi Majnuntol va Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, muammo va ehtiyojlari o‘rganilib, ularga ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatildi. Bu kabi xayrli ishlar Ramazon oyining insonparvarlik, mehr-oqibat va saxovat kabi ezgu qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3