35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Muammo va takliflar, ijtimoiy obyektlar joyida o‘rganildi

 Dehqonobod tumani hokimi, xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashiga 13-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat Sherzod Shokirov tomonidan Oybek va Oqqishloq mahallalarida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi. Jarayonda hududdagi qator ijtimoiy obyektlar, jumladan, ta’lim muassasalari faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlar va ularning bugungi holatiga alohida e’tibor
qaratildi.
 

O‘rganishlar davomida bir nechta umumta’lim maktablari faoliyati joyida ko‘zdan kechirildi. Xususan, 58-maktab filialida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Ta’lim muassasasida hududni obodonlashtirish, ichki tartib-intizomni mustahkamlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mas’ul xodimlarning o‘z vazifasiga yetarlicha e’tibor qaratmayotgani keskin tanqid ostiga olindi. Tuman hokimi tomonidan maktab rahbariyati va mas’ullarga mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ta’lim sifatini oshirish, muassasa hududini tartibga keltirish hamda bu borada shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida tuman rahbari bir guruh fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, ularning turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi, muammolarini tingladi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifalar yukladi. 

Ta’kidlanganidek, hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganish va ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida hal etish, ijtimoiy obyektlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar uchun munosib sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 6