Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputat “Miramiller” MCHJning eksport salohiyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 4-Ravot saylov okrugi deputati, tuman hokimi Bekzod Tashpulatov tumandagi yirik sanoat korxonalaridan biri — “Miramiller” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Deputat amalga oshirilgan o‘rganish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati va mavjud ish o‘rinlari holati atroflicha tahlil qilindi. “Miramiller” MCHJ un ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, yillik eksport hajmi 2 million AQSh dollarini tashkil etadi hamda korxonada 20 nafardan ortiq ishchi mehnat qilmoqda. Mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda Afg‘onistonga ham muntazam eksport qilinmoqda.

O‘rganish davomida deputat korxonaning ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda investitsiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Mazkur tashrif hududda sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va eksport ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6