35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Prezident qarori ijrosi doirasida “Kunchiqish” mahallasidagi loyihalar joyida o‘rganildi

Prezident qarori ijrosi doirasida “Kunchiqish” mahallasidagi loyihalar joyida o‘rganildi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-386-sonli qarori ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi - J.Xudoyqulova tuman Kengashi deputatlari - M.Juraqulova hamda J.Donayevlar bilan birgalikda tumanda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan joyida tanishdi.

👀Xususan, 2026-yilda davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan “Kunchiqish” mahallasi hududida hokimlik zaxirasida bo‘lgan yer maydonida istirohat bog‘i, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish maqsadida zarur infratuzilma bilan ta’minlash loyihasi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📙Loyiha bilan tanishish jarayonida tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Adirov tomonidan loyihada ko‘zda tutilgan asosiy ishlar, ularni amalga oshirish bosqichlari hamda muddatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

🔎 Shuningdek, mahalla hududida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ko‘chat yetishtirish uchun yangi tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan ham tanishildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar deputatlarning doimiy jamoatchilik nazoratida bo‘lib, mazkur loyihalar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 10