35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”

    Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashiga 17-To‘la saylov okrugidan saylangan deputat, Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev tumandagi 2-son sport maktabi murabbiylari hamda sportchilari bilan ochiq va samimiy muloqoto‘tkazdi. 

Tadbirdavomida tumanda sportni yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda yuqori natijalarga erishish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuv jarayonida murabbiylar tomonidan sport infratuzilmasini yaxshilash, mavjud sharoitlarni yanada takomillashtirish, sport anjomlari bilan ta’minlash va yoshlar qamrovini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Hokim ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini, sport sohasiga e’tibor doimiy ravishda kuchaytirilishini ta’kidladi. 

Shuningdek, tadbir davomida xalqaro va respublika musobaqalarida yuqori natijalarga erishayotgan yosh sportchilar e’tirof etildi. Ularning mehnati va yutuqlari tumanning sport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgani qayd etildi. Ayrim sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirilib, kelgusida yanada katta marralarni zabt etishlariga tilak bildirildi. 

Yig‘ilish ochiq muloqot, o‘zaro fikr almashish va konstruktiv takliflar asosida o‘tdi. Sho‘rchi tumanida sportni ommalashtirish, yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 1