35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi

Mahalla yettiligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bilan batafsil tanishish hamda hududda olib borilayotgan ishlarning amaldagi holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib keng qamrovli o‘rganish ishlari tashkil etildi. O‘rganish jarayonida hududda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda obodonlashtirish ishlari atroflicha tahlil qilinib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va muammolar ham aniqlandi.

Shuningdek, aholi xonadonlariga tashriflar uyushtirilib, fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, bandligi, turmush sharoiti, mavjud muammolari hamda murojaatlari bevosita joyida o‘rganildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yozib olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar shakllantirildi.

Bundan tashqari, hududdagi MMT faoliyati ham atroflicha ko‘rib chiqilib, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, hujjatlar yuritilishi, aholi bilan ishlash tizimi hamda reja-grafiklar ijrosi o‘rganildi. Mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish va xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan ishlashni yanada kuchaytirish, joylarda tizimli nazorat o‘rnatish hamda kelgusida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 9