35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va kotibiyat hodimlari tumandagi Navro‘z Mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tanishuv davomida yettilik tarkibiga kiruvchi har bir mas’ulning amalga oshirgan ishlari, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mahalla raisi tomonidan hududda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash va obodonlashtirish yo‘nalishidagi amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi. 

Profilaktika inspektori tomonidan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida bajarilgan ishlar va navbatdagi rejalari bayon etildi.

Hokim yordamchisi tomonidan bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi vazifalar haqida axborot berildi. 

Yoshlar yetakchisi yoshlar bandligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etdi. 

Xotin-qizlar faoli tomonidan ayollar bandligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 6