35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Yangiobod mahallasi hududidan saylangan deputat mahalla yettiligi faoliyati hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Yangiobod mahallasi hududidan saylangan xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati O‘.Omonov mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar hamda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish maqsadida o‘rganish tashrifini amalga oshirdi.

Tashrif davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va boshqa mas’ullar ishtirokida hududdagi bandlik masalalari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida olib borilayotgan manzilli ishlar muhokama qilindi. Hududda yaratilgan yangi ish o‘rinlari, aholi daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, obodonlashtirish hamda sanitariya holati o‘rganildi. Deputat mahalla aholisi bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlarini tingladi va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar bildirdi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5