Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
TOSHKENT SHAHAR PROKURORI MIROBOD TUMANIDA DAVLAT DASTURLARI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini o‘rganish maqsadida Mirobod tumaniga tashrif buyurdi. 

“Abdulla Avloniy” mahallasida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, Xalq deputatlari Mirobod tuman kengashi deputati Karimov Avaz Azizdjanovich, sektor rahbarlari, mutasaddi idora vakillari va fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta’mirlash ishlari ahvoli muhokama qilinib, ishlarni jadallashtirish, tuman hududini obodonlashtirish, ko‘chalar va ijtimoiy soha obyektlari
atroflaridagi noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
 

Toshkent shahar prokurori tomonidan tumandagi markaziy ko‘chalar, “Mirobod dehqon bozori”, ijtimoiy soha obyektlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tumanda joylashgan bir qator ishlab chiqarish korxonalariga borildi va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali tumandagi ishsiz aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 10