35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Jalaquduq tumanida ta`lim sifatini oshirish yo`lidagi amaliy qadamlar

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Ergashvoy Qurbonov Jalaquduq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o`rganish, ularning ijrosini ta`minlash hamda samarali deputatlik nazoratini o`rnatish maqsadida tumandagi 15-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida maktabgacha
ta`lim tashkilotida guruh xonalarining jihozlanishi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat ta`minoti hamda tarbiya jarayonining sifati atroflicha o`rganildi. Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy o`quv-tarbiya vositalari bilan ta`minlash va bolalar xavfsizligini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas`ullar axboroti tinglandi.
 

Deputat tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko`rsatmalar berildi. Ayniqsa, bolalarning sifatli ta`lim-tarbiya olishi, sog`lom va xavfsiz muhitda voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada
yaxshilash masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
Shu bilan birga, ta`lim muassasasida ishchi-xodimlar bilan muloqot o`tkazilib, ularning taklif va muammolari o`rganildi. Maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish orqali tumanning ijtimoiy salohiyatini oshirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri ekani ta`kidlandi.  

Slide 1 of 3