Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanidagi 13-maktab obodonlashtirish ishlari va “Ochiq budjet” loyihalari o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Pardayev Azamat Almardanovich tomonidan 13-maktab olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Tashrif davomida ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritish tizimini yangilash, bolalar maydonchalari barpo etish hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, “Ochiq budjet” loyihasi doirasida fuqarolar tashabbusi asosida g‘olib deb topilgan tashabbuslarning ijro holati yuzasidan monitoring olib borildi. Xususan,13-maktab “Ochiq budjet” loyihasi doirasida olingan jihozlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, jihozlarning sifati va ishlatilishi yuzasidan tavsiyalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Deputat tomonidan “Ochiq budjet” jarayonlarida fuqarolarning faolligini yanada oshirish, tashabbuslarni sifatli va shaffof amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Kelgusida ham hududlarni obodonlashtirish va aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 6