Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
#Sessiyadan

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha PQ-330-sonli qaror asosida hududlarda og‘ir toifadagi mahallalarni kompleks rivojlantirish ishlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur qarorga muvofiq, Toyloq tumanida ham 5 ta og‘ir toifadagi mahalla — Zarafshon, Olmazor, Xo‘jayuz, Fayziobod va Davlatobod mahallalarini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Tanlab olingan mahallalarda yo‘l, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, ijtimoiy xizmatlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, tuman hokimining o‘rinbosarlari ijroning o‘z vaqtida, tizimli va sifatli bajarilishini ta’minlaydi. Manzilli dasturlar doirasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.

Hududiy elektr tarmoqlari, yo‘llardan foydalanish korxonasi, obodonlashtirish boshqarmasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda mahallalar uyushmasi kabi mas’ul tashkilotlarga loyihalar doirasidagi ish hajmi va mablag‘lar adolatli hamda haqqoniy belgilanishi, shuningdek, ularning sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputatlariga mazkur dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan tizimli deputatlik nazoratini olib borish tavsiya etildi.

Slide 1 of 2