Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Kengash_faoliyati

Tuman Kengashi deputati tomonidan kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Abdumo'minov tomonidan tuman Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi kutubxona faoliyati o‘rganildi. Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifati, mavjud sharoitlar hamda kitob fondi holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida kutubxonaning o‘quv zali, bolalar bo‘limi, kitob saqlash xonasi hamda elektron katalog tizimi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar, fondning yangilanish darajasi, davriy nashrlar bilan ta’minlanish holati va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi.

Deputat tomonidan kitob fondini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish, yoshlar uchun alohida motivatsion va intellektual loyihalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ayrim aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar belgilandi.

Shu bilan birga, kutubxonada o‘tkazilayotgan kitobxonlik targ‘iboti tadbirlari, yoshlar va bolalar uchun tashkil etilgan ma’naviy uchrashuvlar ijobiy baholandi.

Deputat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7