Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
📌 Elektr simyog‘ochlar holati deputat nazoratida

Fuqarolarning murojaatlari asosida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati E.Abdusalomov tomonidan Hazarbobo, Jarosti va G‘uzon qishloqlarida joylashgan yuqori kuchlanishli elektr simyog‘ochlar holati joyida o‘rganildi.

Tekshiruv jarayonida ba’zi simyog‘ochlarning pastki qismida temir-beton mustahkamlash elementi mavjud emasligi aniqlanib, bu holat xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi, ayniqsa kuchli shamol yoki noqulay ob-havo sharoitida jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ilgari bir necha bor og‘zaki murojaatlar qilinishiga qaramay, muammo to‘liq bartaraf etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputatlar tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yubordi. So‘rovda simyog‘ochlarni belgilangan texnik talablarga muvofiq mustahkamlash, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va holatga rasmiy munosabat bildirish talabi ilgari surildi.

Amaldagi tartibga muvofiq, deputat so‘rovi asosida tashkilotlar belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi va amaliy ishlarni boshlashi shart. Fuqarolarning murojaatlariga e’tibor qaratilmagan holatlar takrorlanmasligi, deputat so‘rovi ijrosiz qolmasligi qat’iy nazorat qilinadi.

Mazkur masala hududdagi elektr ta’minoti obyektlarining mustahkamligi va xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun deputatlik nazoratida bo‘lib, amalga oshiriladigan ishlar hamda natijalar jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot sifatida taqdim etiladi.

Slide 1 of 5