Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
🏥👶 “Sog‘lom bola – barqaror ta’lim” dasturi amalda

Yangikent MFY hududidagi 7-son oilaviy poliklinika hamda 7-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligida “Sog‘lom bola – barqaror ta’lim” dasturi doirasida muhim profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Xudoyberganova Gulpashsho ham ishtirok etib, bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning sifatli ta’lim olishi uchun sog‘lom muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Poliklinikaning oilaviy shifokori va bolalar vrachi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Tadbir davomida:

✅ Bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;

✅ Grippga qarshi emlash jarayonlari tashkil etildi;

✅ Tashkilot xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;

✅ Sog‘lom ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar mavsumiy kasalliklarning oldini olish, bolalarning sog‘lom rivojlanishi hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Sog‘lom bola — kelajagimiz tayanchi. Ushbu hamkorlikdagi tadbir esa farzandlarimizning sog‘lom va barkamol voyaga yetishi yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 6