Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Agrar soha, suv xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishidagi ishlar sarhisob qilindi

Bugungi sessiyada Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Doimiy komissiya raisi E.Abdusalomov tomonidan taqdim etilgan hisobotda yil davomida agrar sohani rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilgani ta’kidlandi.

📊 Hisobot davrida:

20 marotaba doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, 27 ta muhim masala muhokama qilindi;

Agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar holati tahlil qilindi;

Suv xo‘jaligi obyektlaridan samarali foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi;

Ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi;

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi nazoratga olindi.

🔎 Shuningdek, yil davomida 10 dan ortiq o‘rganish ishlari amalga oshirilib:

qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish;

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining ishlash darajasi;

ichimlik va sug‘orish suvi ta’minoti;

chiqindilarni boshqarish va ekologik madaniyatni oshirish;

yashil hududlarni kengaytirish va daraxt ekish ishlari yuzasidan tahlillar olib borildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yozma tavsiyalar kiritilib, ayrim masalalar doimiy komissiya yig‘ilishlarida qayta muhokama qilindi.

Sessiya davomida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, suv resurslarini tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1