Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Azam Mavlonov 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Azam Mavlonov 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Yig‘ilish Chilonzor tumanidagi Xirmontepa mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 21-Xirmontepa okrugi hududidagi mahalla raislari, mas’ul tashkilot vakillari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi. Deputat o‘z axborotida 2025-yil to‘rtinchi chorakda fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, sayyor qabullar hamda ijtimoiy tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. 

 Azam Mavlonov 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi sessiyalarida hamda doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etdi. Sessiyalarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, atrof-muhit muhofazasi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilinib, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib borildi. Shuningdek, deputat tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar amalga oshirilib, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, jumladan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarining ahamiyati yuzasidan keng jamoatchilikka tushuntirishlar berildi.

 Axborot yig‘ilishi doirasida fuqarolarning navbatdagi qabuli ham tashkil etildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi va natijalar yuzasidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2