Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani - Feruza Salomova ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet bosh psixologi Toshkent shahar Olmazor tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 36-sonli maktabiga tashrif buyurildi. Mazkur tashrif nafaqat xayriya va ko‘ngillilik ruhida, balki ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega tadbir sifatida ham tashkil etildi.

Tadbir davomida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Navoiy hayoti va ijodi, uning boy adabiy merosi, insonparvarlik, mehr-oqibat va komillik haqidagi g‘oyalari haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan she’rlar yod olindi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.Universitet talabalari ham tadbirda faol ishtirok etib, bolalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazdilar, ularning chiqishlarini qo‘llab-quvvatladilar hamda bayramona kayfiyat ulashdilar. Ushbu uchrashuv talabalar uchun ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi, chunki ular kelajakdagi tibbiyot xodimlari sifatida nafaqat kasbiy bilim, balki insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini ham mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif mehr-oqibat, e’tibor va hamjihatlik muhitida o‘tdi hamda barchada unutilmas taassurot qoldirdi.

Slide 1 of 4