Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida 2026-yil 2-fevraldagi 01-02/20-sonli hamda majlisning 1-sonli xati asosida qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini
ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar muhokama etildi. 

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2026-yil fevral oyi davomida partiya deputatlari zimmasiga “Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish hamda narx-navo sun’iy oshib ketishining oldini olish ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini o‘rganish” vazifasi yuklatilgan. 

Mazkur topshiriq doirasida deputatlar tomonidan: 

· ishlab chiqaruvchi korxonalarda mahsulot sifatiga rioya etilishi holatini o‘rganish; 

· iste’mol bozorlarida narx-navo barqarorligini tahlil qilish; 

· sun’iy narx oshirish holatlarini aniqlash va ularga huquqiy baho berish; 

· aholi murojaatlari va takliflarini o‘rganish orqali jamoatchilik nazoratini
kuchaytirish; 

· tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ishlab chiqish rejalashtirildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ta’kidlanganidek, ushbu vazifa fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish, bozorda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash hamda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 3