Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Pastdarg‘om tumani vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ushbu hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputatlari hamda “Madad” NNTning Pastdarg‘om tumani vakili R.Nurmamatov bilan birgalikda aholiga huquqiy maslahatlar berish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi.

 Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 2