Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
MAHALLA HAYOTI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat G.Abramatova hamda kotibiyati xodimlarining vazifalar taqsimotiga asosan deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta'minlash maqsadida, deputat o‘z saylov okrugidagi "Jayhun" MFYsidagi yettilik faoliyati o'rgandi hamda mahallada olib borilyotgan obodonchilik ishlar bilan tanishdi.

📝 Deputat o‘z faoliyatini mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida tashkil etdi. O‘rganish davomida "mahalla yettiligi" bilan birgalikda hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:

🥖 Mahalladagi nonvoyxona va savdo shoxobchalari faoliyati bilan tanishildi. Aholi uchun kundalik ehtiyoj mahsulotlari, xususan, nonning sifati va narx-navosi e’tibor markazida bo‘ldi. Kichik biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.

⚽️ Mahalla hududida barpo etilgan zamonaviy sport maydonchasi ko‘zdan kechirildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini sport bilan o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar va maydonchaning texnik holati o‘rganildi.

🌳 Ko‘p qavatli uylar atrofini ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarga shakl berish va hududning tozaligini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nazorat qilindi. Mahalla faollari va bog‘bonlar bilan hududni yashil hududga aylantirish rejalari kelishib olindi.

🛠 Ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklarni betonlash va ta’mirlash ishlarining sifati nazoratga olindi. Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan aholiga yaratilayotgan qulayliklar deputatlik nazorati ostida o‘rganildi.

🤝 Maqsadimiz — har bir mahallada aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish va yuzaga kelayotgan muammolarni joyida, tezkorlik bilan hal etishdir.

Slide 1 of 5