Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📰 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisining Axborot-resurs markaziga tashrifi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan tuman Axborot-resurs markaziga rasmiy tashrif amalga oshirildi.

Tashrif doirasida markazning moddiy-texnik bazasi, kitob fondining saqlanish holati, o‘quv zallari, elektron resurslar hamda axborot-kutubxona xizmatlarining samaradorligi atroflicha o‘rganildi. Xususan, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kompyuter texnikalari va internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, markaz xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif jarayonida markazda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kitob ko‘rgazmalari, yangi adabiyotlar taqdimoti hamda turli mavzularda tashkil etilayotgan davra suhbatlarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Axborot-resurs markazining ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun maxsus loyihalar va targ‘ibot tadbirlarini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, elektron kutubxona tizimini takomillashtirish, kitob fondini yangi va dolzarb adabiyotlar bilan muntazam boyitib borish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tashrif yakunida markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, kitob fondini boyitish, raqamli xizmatlarni kengaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. 

Slide 1 of 7