Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Uchrashuvda tuman Kengashi deputati Eldor Erkaboyev, mahalla yettiligi a’zolari, imom-xatib hamda mahalla nuroniylari faol ishtirok etib, hududdagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti, ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy yordam, bandlik hamda obodonlashtirish masalalari yuzasidan qator murojaatlar bildirildi.

Xususan,

🟠Boboyurt mahallasi Boyovul ko‘chasidan o‘tuvchi yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish liniyasini aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida mahalla chetidan o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur masala fuqarolar xavfsizligi nuqtayi nazaridan dolzarb ekanligi qayd etilib, tegishli tashkilotga o‘rganish va texnik xulosa berish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborilishi takidlandi.

🚰 Tutzor ko‘chasida ichimlik suvi liniyasi yangidan tortilgani sababli yo‘lning yaroqsiz holga kelgani, ayniqsa 1000 metr qismida harakatlanish qiyinlashgani bildirildi. Ushbu ko‘chaga tosh-shag‘al yotqizish orqali yo‘lni tiklash masalasi ko‘rib chiqilib, amaliy choralar belgilandi.

Shuningdek, nuroniylar tomonidan yoshlar tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda mahallada ijtimoiy muhitni yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi. Imom-xatib esa aholi o‘rtasida hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan barcha masalalar deputat nazoratiga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bunday ochiq muloqotlar hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7