Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Raximkulov Jamshid Yo‘ldoshovich saylov okrugiga qarashli 20-sonli DMTT faoliyatini o‘rgandi.

Tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyaviy jarayon va muassasaning umumiy holati bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish menyusi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli va belgilangan me’yorlar asosida tayyorlanishi holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasada sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi, oshxona va ovqatlanish xonasining holati, ichimlik suvi ta’minoti hamda tozalik masalalari o‘rganildi. Deputat tomonidan bolalarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, binoning texnik holati, yong‘in xavfsizligi va nazorat tizimlari yuzasidan ham tegishli fikrlar bildirildi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan o‘quv mashg‘ulot xonalari, jihozlanish darajasi, o‘yin va dam olish maydonchalari ham ko‘zdan kechirilib, kelgusida yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. ⭐️Mazkur o‘rganish ishlari davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 1