Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashiga 5-“Yangi hayot” saylov okrugidan deputat V. Xasanov Yangi hayot mahallasida bo‘ldi.

Bir muddat oldin deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Bahoriston va Fazilat ko‘chalari aholisi tomonidan hududdagi maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani hamda ichimlik suvi quvurlarining nosoz holatda ekanligi yuzasidan murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Bugun deputat murojaat ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish davomida muammo bartaraf etilgani ya`ni chiqindilarni olib ketish ishlari yo‘lga qo‘yilgani hamda suv quvurlari ta`mirlangani aniqlandi.

Deputat tomonidan hududdagi mavjud masalalarni tizimli hal etish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish ishlari davom ettiriladi.