Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Bo‘ka tumani Kengashi sessiyasida hududni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi

Bo‘ka tumani Kengashi sessiyasida hududni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2026-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish, iqtisodiy salohiyatni oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida:

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-298-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan axborot tinglandi;

🔸 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq Bo‘ka tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi;

🔸 Mazkur qarorga asosan 2026-yilda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.

Sessiyada tuman hokimi Sardor Isakulov ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga aniq vazifalarlar belgilandi.

Slide 1 of 6