Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.

Tuman kengashi deputati 16-Qumrabot saylov okrugi deputati Baxrom Sadullayev aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktab va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati bo’yicha tumandagi Mirishkor MFYda ta’lim maskanlaridagi sport zallaridan darslardan tashqari vaqtda (kechki vaqtlarda) aholining shug’ullanishi uchun foydalanish imkoniyati yaratilganligini, ularning jihozlanishi, ya’ni sport anjomlari (to’plar, matlar, gimnastika jihozlari) bilan ta’minlanganligini ko’zdan kechirdi.

Yoshlar uchun yaratilgan sport maydonlari o‘rganilganda, bolalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, gazonli voleybol maydoni mavjud. Sport zali esa issiq va qulay holatda saqlanmoqda.

Deputat nazorati orqali sport jihozlari xaridida shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish va budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, hududlarda sport jihozlari yetishmasligi aniqlansa, deputatlar mahalliy hokimiyat va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bu muammoni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Bundan tashqari, sport jihozlari ustidan deputat nazorati sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kelajak avlodning jismoniy barkamolligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 

Slide 1 of 1