Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Navoiyni anglash – o‘zlikni anglash

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova ishtirokida TDTU Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida professor o‘qituvchilar va talabar tomonidan, buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiyni anglash – o‘zlikni anglash” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning xayoti va ijodi xaqida so‘z yuritildi. Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirda ulug‘ bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi ma’naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

Tadbirda kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiyning ijodiy yo‘llari xaqida ma’ruza qilindi. Tadbir davomida Alisher Navoiyning g‘azallari va ruboiylaridan o‘qib eshittirildi. So‘ngra Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina savol-javoblari bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi.   

Slide 1 of 5