Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar

 Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10 apreldagi “Ijtimoiy
soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya
qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-son qarori ijrosi doirasida tuman hududida joylashgan
ijtimoiy soha ob’ektlarida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganmoqdalar.
 

Jumladan, deputatlar tomonidan
tumandagi 8, 9, 12, 16, 21, 25, 33, 37, 42, 44, 45, 48, 51, 58, 81-son maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida issiqlik tizimlarining mavsum davomida barqaror ishlashi,
binolarda havo haroratining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi hamda isitish uskunalarining
texnik holati atroflicha o‘rganildi.
 

O‘rganishlar jarayonida deputatlar
muassasalar rahbarlari va mas’ul mutasaddilarga sanitariya qoidalari, me’yorlari
va gigiena talablariga qat’iy rioya etish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz
muhit yaratish, issiqlik ta’minotini uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor qaratish
yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni
o‘z vaqtida bartaraf etish va bu haqda belgilangan tartibda axborot taqdim etish
vazifalari belgilandi.
 

Ushbu yo‘nalishdagi o‘rganish va
nazorat ishlari davom etmoqda.
  

Slide 1 of 9