Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 1-Qoraqalpoq saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboev Baxtiyor Rustamovichlar tomonidan tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlarida o‘rganish ishlari olib borildi. Jamoatchlik nazorati davomida ob’ektlarning texnik holati, moddiy-texnik ta’minoti, kadrlar salohiyati va hududlarni obodonlashtirish darajasi tahlil qilindi. Shuningdek, energiya samaradorligi, resurslardan oqilona foydalanish hamda aholi uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar yakunida muassasa rahbarlariga amaliy tavsiyalar berildi hamda ayrim tizimli muammolar yuzasidan vakolatli organlarga deputatlik so‘rovlari tayyorlash belgilandi. Ushbu ishlar ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy infratuzilmani o‘rganish ishlari rejali asosda davom ettirilib, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, mavjud ob’ektlarni modernizatsiya qilish hamda sohaning barqaror rivojlanish modelini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tizimli yondashuv, shaxsiy mas’uliyat va qarorlar qabul qilishda ochiqlik Parkent tumani aholisi manfaatlarini ta’minlashda ustuvor tamoyil bo‘lib qoladi. 

Slide 1 of 4