Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
9-fevral — ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi

        9-fevral - buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan Jalaquduq tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 12-maktabgacha ta’lim tashkilotida mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat va buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, Alisher Navoiy ijodini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Mazkur adabiy kechada tashkilotda faoliyat yuritayotgan xodimlar faol ishtirok etib, Alisher Navoiy qalamiga mansub g‘azal va she’rlarni yuksak badiiy did hamda milliy g‘urur bilan ijro etdilar. Ijrolar davomida buyuk bobokalonimizning insonparvarlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik va komil inson tarbiyasiga oid g‘oyalari yana bir bor qalblarga singdirildi. Tadbir Jalaquduq tumani 12-maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati O.Xolmurodova boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilib, adabiyotimizning bebaho durdonalariga bo‘lgan e’tibor va ehtirom yanada oshirildi.  

Slide 1 of 5