Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
📚 ALISHER NAVOIY — MANGULIKKA MUHRLANGAN MILLAT IFTIXORI

 📚 ALISHER NAVOIY — MANGULIKKA MUHRLANGAN MILLAT IFTIXORI

        9-fevral — o‘zbek va umumturkiy adabiyot osmonida porlagan buyuk siymo, so‘z mulkining sultoni, chuqur tafakkur egasi va dono davlat arbobi Hazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan Sho‘rchi tumani Oqqo‘rg‘on mahallasida joylashgan 3-sonli texnikumda yuksak saviyada ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

        Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Mamashukurov hamda O‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasi
tuman Kengashi raisi , tuman Kengashi deputati B. Rajabov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi D. Bekmurodovlar ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordilar. 

🎤 Tadbir davomida talabalar tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar, yurakdan aytilgan tabrik so‘zlari, shuningdek, Alisher Navoiy bobomizning she’r va g‘azallaridan mahorat bilan ijro etilgan parchalar yig‘ilganlarga chuqur ruhiy zavq bag‘ishladi. Har bir misra qalblarga yetib bordi, har bir so‘z milliy g‘ururni yanada mustahkamladi. 

🌱 Faollarimiz tomonidan yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan bunday mazmunli va ibratli tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda
davom ettiriladi.  

Slide 1 of 1