Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
Deputat Elbek Suyunov maktab rahbarlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

 Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi deputati Elbek Suyunov о‘z saylov okrugida joylashgan umumta’lim maktablari rahbarlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuv о‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida shaffoflikni ta’minlash, xizmat mavqeidan suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish, davlat mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda ta’lim muassasalari faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi. 

Deputat Elbek Suyunov О‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga tо‘xtalib, maktab
rahbarlarining ushbu jarayondagi mas’uliyati, halollik va adolat tamoyillariga amal qilish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, ta’lim tizimida korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi qayd etildi. 

Uchrashuv yakunida maktab rahbarlari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, kelgusida hamkorlikda ish olib borish, profilaktik
tadbirlarni muntazam tashkil etish bо‘yicha kelishib olindi. Mazkur uchrashuv ta’lim muassasalari faoliyatida shaffoflikni kuchaytirish, yosh avlodga sog‘lom va adolatli muhitda ta’lim-tarbiya berishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 5