Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
DEPUTAT HAR DOIM XALQ BILAN

 Xalq deputatlari Oltіnsoy tuman Kengashi deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tomonidan tumandagi “Xidirsho” mahallasi fuqarolari bilan ochiq muloqot va davra suhbati o‘tkazildi. 

Mazkur davra suhbatida mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad— aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalarni tinglash, ularning taklif va murojaatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. 

Davra suhbati davomida mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini ish bilan ta’minlash, obodonlashtirish ishlari, kommunal xizmatlar sifati, yo‘l va infratuzilma holati, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar bandligi, xotin-qizlar faolligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi. Ayrim muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilab olindi. 

Uchrashuv yakunida deputat Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich bunday ochiq muloqotlar aholi dardi va ehtiyojlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, kelgusida ham fuqarolar bilan bevosita uchrashuvlar muntazam
tashkil etilishini ma’lum qildi.
 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 3