Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash, ularga kvota ajratish hamda sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.

Dorivor o‘simliklar – sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot rivojining muhim yo‘nalishi

2026-yil 5–6-fevral kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur majlisda qator muhim masalalar bilan bir qatorda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash, ularga kvota ajratish hamda sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.

Parlament so‘rovi doirasida dorivor o‘simliklar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarini aniqlash, ularni muhofaza qilish, madaniy plantatsiyalar tashkil etish va qayta ishlash jarayonlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashda ilmiy tadqiqotlar rolini kuchaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy muassasalar bilan ishlab chiqarish subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Bu esa mahsulot sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yalpi majlisda dorivor o‘simliklar sohasida kvota ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha bildirilgan takliflar muhokama qilindi. Ushbu chora-tadbirlar kelgusida sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati sifatida ta’kidlash joizki, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash sohasidagi parlament nazorati hamda amalga oshirilayotgan islohotlar hududlar rivoji uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Bu yo‘nalish nafaqat sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Hafizov Jo‘rabek O‘ktam o‘g‘li

Slide 1 of 1