Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputatlik nazorati

Deputatlar tomonidan tumanda davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar ijrosi doimiy ravishda o‘rganib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida Muzrabot tumani “Mehnatobod” MFYda 4 ta loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining hozirgi kundagi bajarilish holatini xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Qahramon saylov okrugidan saylangan deputat J.Amonov o‘rgandi.

O‘rganish davomida “Mehnatobod” mahallasida quyidagi ishlar bajarilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

- 43-maktabni rekonstruksiya qilish (mavjud 110-o‘rinli binoni mukammal ta’mirlash va 120 o‘rinli qo‘shimcha binosi qurish) bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Yer va poydevor ishlari olib borilmoqda,

- Mahalla hududida Elektr ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 26,6 km tarmoq tortilgan. 476 dona tayanch ustunlar o‘rnatilgan. 6-dona transformatorlar olib kelinib, yer tayyorlash ishlari bajarilmoqda.

- Piyodalar yo‘lakchasi joyi uchun tosh shag‘al to‘shalgan.

- Asosiy va ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha yer tekislash ishlariga tayyorlanmoqda.

O‘tkazilgan deputatlik nazorati natijasiga ko‘ra mutasaddilarga ishlarning sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 9