Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
“Sifat va adolatli narxlar — deputatlik nazorati markazida”

      Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek bozorlarda narx-navoni sun’iy oshirish holatlarining oldini olish maqsadida Jalaquduq tumanida deputatlik nazorati tadbirlari tashkil etildi. Ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari O.Xolmurotova va B.Bazarova, shuningdek tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati sanitariya vrach yordamchisi S. Mirzaqulovalar ishtirokida tuman hududida joylashgan “Dehqon, oziq-ovqat bozori” MCHJ faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida bozorda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, saqlash shart-sharoitlari, mahsulot sifati hamda narxlar shakllanishi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, savdo jarayonida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi, iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishiga alohida e’tibor qaratildi. Nazorat tadbirlari yakunida “Dehqon, oziq-ovqat bozori” MCHJ sanitariya vrachi F.Xudoyberdiyevaga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, mahsulot sifati ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Deputatlar tomonidan kelgusida ham bunday nazorat tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib, aholi salomatligi va manfaatlarini
himoya qilish ustuvor vazifa etib belgilanishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 6