Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

 Joriy yilda Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi asosida «Nayman» mahallasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan tuman hokimi M.Ismoiliy saylov okrugi deputati Furqatbek Bo‘taxonov hamda Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi raisi D.Danashev va bir nechta mutasaddi tashkilot rahbarlar ishtirokida mahallada olib boriladigan ishlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. 

Xususan, ushbu islohotlar natijasida birgina mahallaning o‘zida 1 ta bolalar va sport (workaunt) maydonchasini barpo etish, Tosh maxalla, Mardu maydon va Intilish ko‘chalarida elektr tayanch ustunlar (stolba), tarmoq tortish va tranformator o‘rnatish, 1 ta Yangi zamonaviy mahalla binosi qurish, 38 nafar aholi bandligini ta’minlash, 80 nafar aholi daromadini
42 mln.so‘mdan oshirish, 8 ta tadbirkorlik sub’ekti tashkil etiladi. 15 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyati kengaytirish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Natijada ushbu mahalla qiyofasi tubdan o‘zgaradi. 

Uchrashuv so‘ngida hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligi va kelgusidagi
rejalar yuzasidan takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 5